Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda ikkinchi “Venetsiya” quriladi
Dubay Italiyaning Venetsiya shahri asos qilib olinadigan “suzuvchi shahar” loyihasi qurilishi boshlanishini e'lon qildi. Loyiha qiymati 680 mln dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Arabian Business nashri.
Dubay “Venetsiyasi”ning bir qismi suv ostida joylashadi. Tashrif buyuruvchilar bu yerga dengiz yoki havo transportida kela olishlari va suv ostidagi “Avliyo Mark maydoni”da (xuddi shunday maydon Venetsiyada ham bor) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. So‘ngra mehmonlar kanallar orqali hordiq chiqarish joylariga Italiyadan keltirilgan gondolalarda olib boriladilar. Dubay “Venetsiyasi”da mehmonxonalar va boshqa dam olish maskanlaridan tashqari an'anaviy italyan festivallari, madaniy ko‘rgazmalar va tadbirlar o‘tkaziladigan maydonchalar joylashadi.
The Floating Venice (Suzuvchi Venetsiya) deb nomlangan ushbu loyiha atrofida 400 ming fut kvadrat dengiz marjonqoyasi yetishtiriladi va 12 ta plyaj joylashadi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu loyiha kamida 100 yil xizmat ko‘rsatishi hisobga olinib qurilmoqda. Yangi “Venetsiya” 2020 yilda tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026