Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Meksika prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Enrike Penya Netoga maktub yo‘lladi.
Mazkur maktubda “Meksika janubidagi talofatli zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va jarohatlanishi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi” deyilgan.
Davlat rahbari butun Meksika xalqiga, nobud bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, shuningdek, barcha jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayishni tiladi.
Avvalroq Meksikada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:59 / 10.06.2026
Meksika 8600 dollarga o‘ta arzon Olinia Uno elektromobilini taqdim etdi
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026