Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OFK prezidenti Umid Ahmadjonovga tabrik yo‘lladi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik maktubini yo‘lladi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar tarqatdi.
«Hurmatli prezident! O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining bugun bo‘lib o‘tgan konferensiyasida bir ovozdan prezident etib saylanganingiz bilan tabriklayman. Sizning prezident etib saylanganingiz O‘zbekiston futbol oilasining sizga bo‘lgan sadoqati va ishonchi namunasidir. Ishonamanki, siz mamlakatingizda futbol rivoji uchun sezilarli hissa qo‘sha olasiz. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun men va OFK sizni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor. Siz bilan yaqin kelajakda ko‘rishamiz degan umiddaman», – deyiladi OFK prezidenti maktubida.
Mavzuga oid
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
21:09 / 16.09.2019
Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi
20:22 / 13.06.2019
«Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin». O‘FAdan ketgan Umid Ahmadjonov bilan intervyu
15:20 / 13.06.2019