Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya qamoqxonalari rahbarining o‘rinbosari ushlandi
Foto: Kommersant'
Moskvada Jazoni ijro etish federal xizmati direktori o‘rinbosari Oleg Korshunov qo‘lga olindi, deb yozmoqda Fontanka.ru. Nashrga ko‘ra, FXX uning uyida tintuv o‘tkazgan.
«13 sentabr kuni 6:30 ga yaqin Rossiya FXX «M» xizmati tezkor xodimlari Jazolarni ijro etish federal xizmati direktori o‘rinbosari, Rossiyaning 2-tasnifdagi amaldagi davlat maslahatchisi, (adliya general-leytenanti) Oleg Korshunovning Moskvadagi uyiga kelgan. Ular JKning 160-moddasi, ya'ni o‘zlashtirish yoki talon-taroj etishga doir jinoiy ish bo‘yicha tintuv ishlarini o‘tkazishdi», — deb yozadi nashr.
«Interfaks»ning yozishicha, Korshunov nafaqaga chiqishni rejalashtirgan, ayni vaqtda u mehnat ta'tilida bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:22
Rossiya benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni to‘rtinchi marta uzaytirdi
14:46
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinishni qoraladi
14:30
Germaniya TIV: Rossiya fuqarolariga nisbatan “asossiz ta’qib” yo‘q
13:30