Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WADA 95 nafar rossiyalik sportchidan doping ayblovini olib tashladi
Jahon dopingga qarshi agentligi (JDQA) Sochi Olimpidasidan keyin Richard Maklarenning maxsus hisobotida nomlari keltirilgan rossiyalik 95 nafar sportchiga nisbatan da'volaridan voz kechdi. Bu haqda ichki hujjatlarga asoslangan holda The New York Times nashri yozmoqda. Hozircha, tergov ishlari to‘xtatilgani rasman e'lon qilingani yo‘q.
Gazetaning yozishicha, JDQA mutaxassislari 96 nafar sportchining ishini o‘rganishni yakunlagan, ulardan faqat bir holatda doping qo‘llanilishining yetarli isboti topilgan. Shu bilan birga, sportchilar ismi-sharifi ham keltirilmagan.
JDQA vakillari rossiyalik sportchilarga qarshi ishlarni qayta ko‘rib chiqishda Moskva dopingga qarshi laboratoriyasi sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkovga murojaat qilishmagan.
«Uning ko‘rsatmalarini olish imkoniyati mavjud emasligi ayrim ishlarning yopilishiga sabab sifatida ko‘rsatilgan», — deya oydinlik kiritgan Rodchenkov advokati Jim Uolden. Shu bilan birga, Uolden so‘zlariga ko‘ra, aslida ularga birorta maktub kelmagan.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026