Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «F» guruhi. «Manchester Siti»dan gollar yomg‘iri, Ukrainadagi kutilmagan yurish
Yevropa chempionlar ligasining F guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar gollarga boy bo‘ldi. «Manchester Siti» Niderlandiyada bayram uyushtirgan bo‘lsa, «Napoli» kutilmaganda Ukrainada imkoniyatni boy berdi.
«Manchester Siti» «Feyyenord» mehmoni bo‘lib, Jon Stounzning dubli, Serxio Aguero va Gabriel Jyezusning gollari evaziga muvaffaqiyat qozondi. «Shaxtyor» esa nomdor raqibga qarshi dovdirab qolmadi. Tayson va Ferreyraning gollariga Arkadiush Milik penaltidan kiritgan goli bilan javob bera oldi xolos. Natijada birinchi turdan keyin «Siti» va «Shaxtyor» uch ochkodan to‘plagan holda guruhda yetakchilikni qo‘lga oldi.
Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
F guruhi
Feyyenoord (Niderlandiya) – Manchester Siti (Angliya) 0:4 (0:3)
Gollar: Stounz (2, 63), Aguero (10), Gabriel Jyezus (25).
Feyyenoord: Jons, Nelom, van der Xeyden, Sen-Jyust, Bottegin, Trindade, Amrabat (Larsson, 78), Boetiyus, El-Axmadi, Bergeys (Tornstra, 46), Kramer (Vente, 72).
Manchester Siti: Ederson, Stounz, Uoker, Otamendi, Mendi, Fernandino (Sane, 72), Silva (Delf, 67), de Bryuyne, Bernardu Silva, Aguero (Sterling, 60), Gabriel Jyezus.
Ogohlantirishlar: de Bryuyne (15), Sen-Jyust (38), Kramer (40), Trindade (40), Bottegin (66).
Shaxtyor (Ukraina) – Napoli (Italiya) 2:1 (1:0)
Gollar: Tayson (15), Ferreyra (58) – Milik ( 71, penalti).
Shaxtyor: Pyatov, Ordets (Xocholava, 90), Ismaili, Srna, Rakitskiy, Fred, Stepanenko, Tayson, Marlos (Kovalenko, 77), Bernard, Ferreyra (Dentino, 88).
Napoli: Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamshik (Mertens, 60), Diavara, Kalexon, Zelinski (Allan, 67), Insine, Milik.
Ogohlantirishlar: Fred (68), Insine (68), Mertens (69), Stepanenko (71), Kulibali (82).
Mavzuga oid
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026