Jahon | 09:09 / 15.09.2017
9117
2 daqiqa o‘qiladi

Monako adliya vaziri rossiyalik milliarder bilan do‘stligi uchun ishidan ayrildi

Foto: Reuters

Monako adliya vaziri Filipp Narmino rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlyov va shveysariyalik art-diler Iv Buve o‘rtasidagi sud ishi borishiga ta'sir qilgan bo‘lishi mumkinligi sababli iste'foga ketdi. Narminoning iste'fosini Monako shahzodasi  Alber II qabul qilgan, deb xabar bermoqda Le Point nashri.

“Menga nisbatan shaxsiy ayblovlar va sud idoralari tomondan ta'nalar ular tomonda adekvat bo‘lishimga imkon bermaydi”, deb aytgan Narmino.

Narminoning tushuntirishicha, u o‘z lavozimidan Monako odil sudlovi manfaatlari yo‘lida ketgan. 

14 sentabrda Le Monde nashrida Narmino va Ribolovlyov do‘stona aloqalarda ekanligi haqida maqola chop etilgandi. Nashrning yozishicha, Ribolovlyov 2015 yil boshida Narmino va uning rafiqasini Shveytsariyaning Gshtad qishlog‘idagi uyiga taklif qilgan.

Joriy yilda esa milliarder va unga shaxsiy kolleksiyasi uchun san'at asarlarini yetkazib bergan art-diler o‘rtasida sud taftishi boshlangandi. Rossiyalik Buveni firibgarlikda ayblagan. Uning fikricha, art-diler sotayotgan suratlari narxini asossiz ravishda oshirib yuborgan. Bu esa milliarderning bir necha yuz million yevro yo‘qotishiga olib kelgan. Keyinroq shunday ayblovlarni art-dilerga tergovchilar ham qo‘yishgan. Buvega shuningdek pullarni yuvish aybi qo‘yilgan.

Ribolovlyov ayni vaqtda Forbes reytingida 7,3 mlrd dollar bilan 15-o‘rinni egallamoqda. U “Uralkaliy” egalaridan biri va “Monako” futbol klubi raisi hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid