O‘zbekiston | 16:35 / 16.09.2017
11525
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda O‘zbekiston, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkaziladi

Foto: Liter.kz

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqotlari so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zA.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Nursulton Nazarboyev muzokaralar O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlariga xos o‘zaro anglashuv va samimiyat ruhida o‘tgani, tomonlar barcha strategik masalalar bo‘yicha hamfikr ekanini alohida ta'kidladilar. 

Mamlakatlar hamkorligida ustuvor o‘rin tutadigan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va tranzit sohalaridagi aloqalarda izchil o‘sishga erishilgani qayd etildi. 

Hamkorlik nomenklaturasi yangi sohalar bilan boyidi. O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa, mudofaa sanoati va kosmik faoliyat yo‘nalishida sheriklikni rivojlantiradi. 

2018 yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va 2019 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi ma'lum qilindi. 

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi davom etmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid