Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQShda mashg‘ulotlar vaqtida rus qiruvchi samolyoti falokatga uchradi
Rossiyada ishlab chiqarilgan Su-30 yoki Su-27 qiruvchi samolyoti AQShning Nevada shtatida joylashgan Edvards aviabazasining “51-hudud” deb nomlangan bo‘linmasi yaqinida falokatga uchradi.
Aviation Week ma'lumotlariga ko‘ra, voqea yuz bergan joydan 160 km uzoqlikda Nellis aviabazasi ham joylashgan.
Falokat oqibatida Red Hat harbiy bazasidan mashg‘ulot parvozini amalga oshirgan samolyot uchuvchisi, podpolkovnik Erik Shults halok bo‘lgan. Uning o‘limi AQSh harbiy-havo kuchlari tomondan rasman tasdiqlangan.
OAVning ma'lum qilishicha, halok bo‘lgan uchuvchi xorijiy texnikani sinovdan o‘tkazuvchi “Agressor” eskadrilyasiga boshchilik qilgan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, eskadrilya bo‘linmalari mashg‘ulotlar vaqtida dushman rolini ijro etadilar va odatda, taxminiy raqib aviatsiyasi rangiga bo‘yalgan va tanish belgilariga ega bo‘lgan, AQShda ishlab chiqarilgan samolyotlardan foydalanishadi.
Aviafalokat sabablari hali o‘rnatilmagan.
Su-30 samolyotlari Hindiston, Indoneziya, Xitoy va Qozog‘istonga yetkazib beriladi. Ayni vaqtda AQSh ulardan qaysi biridan samolyotni sotib olgani noma'lum. Biroq AQSh 1996 yilda Belarusdan Su-27 samolyotini xarid qilgan.
Bundan tashqari, Red Hats maxfiy bo‘linmasi tarkibida Rossiyada ishlab chiqarilgan turli jangovar samolyotlar, misol uchun, MiG-29 va Su-27P bor.
Mavzuga oid
21:46
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30
O‘limga tik boqqan odam – vulqon lavasi ostida qolgan fotograf
21:07
Prezident AQSh Savdo vakili bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
09:40 / 24.06.2026