Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koutino nihoyat «Barselona» haqida gapirdi
«Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino nihoyat «Barselona» bilan bog‘liq savolga javob berdi.
«Ha, ularning taklifi meni qiziqtirib qo‘ygan edi. «Barselona» kabi jamoada to‘p surish sharaf. Ammo men hozir «Liverpul» va Braziliya terma jamoasida mavsumni munosib o‘tkazish haqida o‘ylamoqdaman. «Liverpul» safida to‘p surish ham sharaf va men bu jamoani va uning muxlislarini hurmat qilaman» - dedi yarim himoyachi ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Ma'lumki, yozgi transfer darichasi chog‘ida 25 yoshli futbolchi «Barselona»ga o‘tmoqchi bo‘lgan va ingliz jamoasi safida maydonga tushishdan bosh tortgandi. Ammo yakunda klublar transfer bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi.
Koutino kecha, APL ning 5-turida ushbu mavsumda ilk bor maydonga tushdi. Enfildda «Byornli» ga qarshi kechgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Mavzuga oid
17:16 / 22.01.2026
«Barsa» va «Siti» o‘tish o‘yinlariga qoladimi? YeChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat
12:32 / 22.01.2026
«Barsa»da kambek, «Qorabog‘»da yana g‘alaba. Kun o‘yinlari
14:07 / 19.01.2026
«Barsa»da mag‘lubiyat, van Persining o‘g‘lidan shedevr gollar
02:24 / 12.01.2026