Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda 40,3 million odam qullikda yashamoqda
Foto: XMT
Xalqaro mehnat tashkilotining (International Labour Organization, ILO) Avstraliyaning Walk Free Foundation nodavlat tashkiloti va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot bilan qo‘shma tadqiqoti natijalariga ko‘ra, jahonda 40 mln.dan ortiq inson qullikning zamonaviy shakllari qurboni sanaladi.
«Taxminlarga ko‘ra, 40,3 mln. kishi zamonaviy qullik qurboni hisoblanadi. Bu 2016 yilgi holatga ko‘ra. Demak, 2016 yildagi istalgan kunda 40 mln.dan ortiq erkaklar, ayollar va bolalar o‘z xohishiga qarshi ravishda mehnatga majburlangan yoki majburiy nikohda yashashgan», - deyiladi hisobotda. Shuningdek, unda ko‘rsatilishicha, jahonda 5-17 yosh oralig‘ida bo‘lgan taxminan 152 mln. bolalar va o‘smirlar ishlamoqda.
Tadqiqotda xabar berilishicha, jahonda 24,9 mln. kishi majburiy mehnatga jalb etilgan bo‘lsa, 15,4 mln. kishi majburiy tarzda qurilgan nikohda hayot kechirishga majbur. Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, zamonaviy qullarga asosan ayollar va qizlar (28,7 mln. yoki 71 foiz) aylanadi, qullikda bo‘lganlarning to‘rtdan bir qismi – bolalar.
Mavzuga oid
22:54 / 20.09.2025
Kiyevda qullikda ushlab turilgan o‘zbekistonliklar ishi bo‘yicha Ukraina TIV va bosh prokuroriga notalar yuborildi
20:22 / 19.09.2025
Ukrainada qullikda ushlab turilgan o‘zbekistonliklar ozod qilindi
21:32 / 10.09.2025
Ish tashlash huquqi qonun bilan mustahkamlanadi
17:36 / 10.12.2024