Xalqaro mehnat taşkilotining (International Labour Organization, ILO) Avstraliyaning Walk Free Foundation nodavlat taşkiloti va Migratsiya böyiça xalqaro taşkilot bilan qöşma tadqiqoti natijalariga köra, jahonda 40 mln.dan ortiq inson qullikning zamonaviy şakllari qurboni sanaladi.
«Taxminlarga köra, 40,3 mln. kişi zamonaviy qullik qurboni hisoblanadi. Bu 2016 yilgi holatga köra. Demak, 2016 yildagi istalgan kunda 40 mln.dan ortiq erkaklar, ayollar va bolalar öz xohişiga qarşi ravişda mehnatga majburlangan yoki majburiy nikohda yaşaşgan», - deyiladi hisobotda. Şuningdek, unda körsatilişiça, jahonda 5-17 yoş oraliğida bölgan taxminan 152 mln. bolalar va ösmirlar işlamoqda.
Tadqiqotda xabar berilişiça, jahonda 24,9 mln. kişi majburiy mehnatga jalb etilgan bölsa, 15,4 mln. kişi majburiy tarzda qurilgan nikohda hayot keçirişga majbur. Tadqiqot ma'lumotlariga köra, zamonaviy qullarga asosan ayollar va qizlar (28,7 mln. yoki 71 foiz) aylanadi, qullikda bölganlarning törtdan bir qismi – bolalar.











