Jahon | 19:59 / 22.09.2017
28586
2 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda dunyodagi eng kuchli muzyorar kema korpusi suvga tushirildi

Foto: Petr Kovalev/TASS

Sankt-Peterburgdagi Boltiq kemasozlik zavodida 22 sentabrda dunyodagi eng kuchli muzyorar kema LK-60Ya "Sibir" korpusi suvga tushirildi. Kema 2015 yil mayida qurila boshlangan va zavod uni 2,5 yilda suvga tushirishga tayyor holga keltirdi. Kema suvda turgan holda qurib bitkaziladi. Atom  muzyorar kemasi 22220-loyihaning ilk seriyali ishlab chiqariluvchi kemasi bo‘ldi. Zavod "Sibir"dan tashqari "Atomflot" tashkiloti shartnomasi bo‘yicha bu loyihadagi yana ikkita kema – "Arktika" atomoxodi va "Ural" kemasini qurmoqda. 

Quyida universal muzyorar kemaning suvga tushirilishi marosimidan lavhalar keltirilgan.

 

Anatoliy Medved/RIA «Novosti»
Petr Kovalev/TASS
Anatoliy Medved/RIA «Novosti»
Anatoliy Medved/RIA «Novosti»
Anatoliy Medved/RIA «Novosti»
Anatoliy Medved/RIA «Novosti»
Anatoliy Medved/RIA «Novosti»
Anatoliy Medved/RIA «Novosti»

Mavzuga oid