Xitoyning "Syuelun" muzyorar kemasi Antarktidagi yirik muzlar orasida tiqilib qoldi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.
Ayni damda vertolyotlar va qorda yuradigan maşinalar hududni tadqiq qiliş bilan band. Ular kemani muzlik asiridan olib çiqiş harakatida.
Ma'lumot uçun, Xitoy Antarktidada 1984 yildan beri tadqiqot olib boradi. Sönggi yillarda XXRning bu yerdagi faolligi ança oşgan: ötgan yili xitoylik olimlar sayyoraning eng janubiy qit'asida törtinçi tadqiqot bazasini oçişdi.

Ayni damda esa Xitoy qutb tadqiqotlari uçun Ukrainadan 1993 yilda xarid qilingan Xue Long ("Syuelun") muzyorar kemasidan foydalanmoqda. U mamlakatdagi hozirça yagona şunday kema sanaladi.
Antarktida esa foydali qazilmalarga juda boy bölib, u yerda dunyodagi eng yirik toş kömir va temir rudasi, mis, qörğoşin, oltin, nikel, molibden, rux hamda marganets konlari topilgan.















