Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya. Yana Falkao va yana «Monako»
Fransiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri Lillda bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar «Lill» amaldagi chempion «Monako»ni qabul qildi.
Birinchi bo‘limda Stefan Yovetich va Rashid Gezzal monegaskliklar tarkibida ilk gollarini kiritib 2:0 hisobini ta'minlagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Radamel Falkao navbatdagi dublini rasmiylashtirdi va 7 uchrashuvda kiritgan gollari sonini 11taga yetkazib oldi va jamoasiga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi.
Ushub g‘alabadan keyin «Monako» hisobidagi ochkolar soni 18taga yetdi va jamoa «PSJ»ga yetib oldi. Biroq parijliklar yettinchi uchrashuvini endi o‘tkazishadi.
Fransiya chempionati, 7-tur
Lill – Monako 0:4 (0:2)
Gollar: Yovetich (24), Gezzal (30), Falkao (48, 73, penalti).
Lill: Menyan, Kuame, Alonso, Ie, El-Gazi (Baluli, 57), Amadu, Pepe, Bissuma, Luis Araujo (Faraj, 46), Tiago Mayya, Benziya (Ponse, 69).
Monako: Benalo, Glik, Jorjye, Ture, Jyemerson, Fabino, Moutinyu, Lopesh, Gezzal (Lemar, 79), Falkao (Karrilo, 85), Yovetich (Diakabi, 66).
Ogohlantirishlar: Gezzal (60), Jyemerson (70), Ponse (88).
Mavzuga oid
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
23:28 / 23.04.2026
Dunyoda 1 million dollarga qanday ko‘chmas mulk sotib olish mumkin: Monakoda atigi 16 m2
09:33 / 09.10.2025