Jahon | 00:06 / 27.09.2017
8929
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda Marsdagi hayot sharoitlariga o‘xshash tuman barpo etiladi

Dubayda Marsdagi hayot sharoitlariga o‘xshash tuman barpo etiladi. Bu haqda amirlikning The National nashri xabar bermoqda. 

Loyiha Mars Scientific City deb nomlangan bo‘lib, "shahar"ning maydoni 170 ming kvadrat metrdan ko‘proqni tashkil qiladi. Uni qurish 500 mln dirxamga (136 mln dollar) aylanadi.

Marsdagi inson turar joylari sharoitlari qanday yaratilishi ma'lum qilinmagan. Biroq Dubay hokimi shayx Muhammad bin Rashid Al-Maqtumning tvitterdagi akkauntida loyiha suratlari chop etilgan. Ularda cho‘lda joylashgan bir nechta gumbazlarni ko‘rish mumkin. Ular ichida esa insonlar turadigan inshootlar va o‘simliklar bor.

O‘tgan yil BAA hukumati 2117 yilgacha Marsda shahar qurish rejasini ma'lum qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid