Jahon | 14:40 / 27.09.2017
24747
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Dubayda uchib yuruvchi taksilar paydo bo‘ladi

Foto: Reuters

Dubay butun dunyoni hayratlantirishda davom etmoqda. Zamonaviylikni aks etturuvchi bu shaharda yaqin vaqtlar ichida uchib yuruvchi dron-taksilar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters reportajida ma'lum qilingan.

Manbada aytilishicha, dushanba kuni Dubay shahri rasmiylari ishtirokida ilk uchib yuruvchi taksilar taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Ular hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda va yaqin vaqtlar ichida shaharda paydo bo‘lishi mumkin.

Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, Dubay uchuvchi taksilar harakatlanadigan dunyodagi birinchi shaharga aylanadi. O‘ziga xos dron-taksilar Germaniyaning Volocopter nomli dron ishlab chiqaruvchi korxonasida tayyorlangan. U hech qanday yoqilg‘isiz, batareya bilan ishlaydi. Dron-taksining tepa qismiga 18ta «qanot» o‘rnatilgan. Birinchi sinovda taksi osmonga 200 metrgacha ko‘tarilgan.

Germaniya korxonasi bilan birgalikda Dubaydagi bu loyihani amalga oshirish uchun AQSh va Yevropaning yana 12ta korxonasi kurash olib bormoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shahardagi katta tirbandlik vaqtida foydalanishi kutilayotgan taksilarni kutish va chaqirish uchun smartfonlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Telefondagi maxsus dastur orqali mijoz o‘ziga yaqin hududda bo‘lgan taksini chaqirishi mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid