Sport | 10:31 / 29.09.2017
13726
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya»dan haydalgan Anchelotti tez orada yangi ish topadi

Foto: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» jamoasidan ishdan bo‘shatilgan italiyalik taniqli mutaxassis Karlo Anchelotti tez orada yangi ish topishi mumkin. Jahondagi qator yetakchi nashrlar bilan hamkorlik qiluvchi jurnalist Mutaza Chexadenng ma'lumotlariga qaraganda, «Milan» rahbariyati 58 yoshli murabbiy bilan bog‘langan. Shuningdek, Anchelotti Xitoy klublaridan birining ancha yaxshi shartlarga ega bo‘lgan taklifi olgani haqida ma'lumot bor.

«Milan»da rossonerilar murabbiylar shtabining boshlig‘i Vinchentso Montellaning faoliyatidan norozi bo‘lishmoqda. Milan shahri jamoasi transferlar uchun 200 million yevro sarflagandan so‘ng, Italiya chempionatida olti turdan keyin faqatgina oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Anchelotti «Milan»da 2001 yildan 2009 yilgacha ishlagan va jamoaga Chempionlar Ligasida ikki bora g‘alaba keltirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid