Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Toshkentdagi ko‘rgazma uchun eng yaxshi korxonalarni tanlab olmoqda
Tojikiston Toshkentdagi ko‘rgazmada o‘z mahsulotlarini taqdim qiladigan sanoat korxonalari yakuniy ro‘yxatini tuzmoqda. Tojikiston sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasi 11-14 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Ayni vaqtda Tojikiston sanoat mahsulotlarining Toshkentdagi ko‘rgazmasida ishtirok etuvchi kompaniyalarni tanlab olish jarayoni ketmoqda", deb ma'lum qildi Tojikiston Savdo-sanoat palatasining ko‘rgazma-yarmarka ishi bo‘yicha bo‘limi rahbari Dilshod Mirsaidov.
Uning aytishicha, dastlabki ro‘yxatdan mamlakatning butun hududlaridan 130 dan ko‘proq korxona joy olgan.
"Ayni vaqtda ko‘rgazmada ishtirok etuvchi kompaniyalarning aniq miqdorini ayta olmaymiz. So‘g‘d viloyatining o‘zidan 65 ta kompaniya bor. Ayni vaqtda kompaniyalar tanlab olinmoqda. Ba'zi kompaniyalar ro‘yxatga kiritilishi, ba'zilari istisno qilinishi mumkin", deb aytdi Mirsaidov.
Mirsaidovning aytishicha, yakuniy ro‘yxat keyinroq tasdiqlanadi.
Avvalroq Tojikistonning sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Shavkat Bobozoda Toshkentda 64 tadan ko‘proq korxona o‘z mahsulotini taqdim qilishini aytgandi.
Vazirning aytishicha, ko‘rgazmada asosan mashinasozlik, tog‘-kon sanoati, yengil sanoat, alyuminiy mahsulotlari taqdim qilinadi.
"Bizda ko‘rgazmalar o‘tkazish tajribasi bor. O‘ylaymanki, tadbir munosib darajada o‘tadi", deb aytdi Bobozoda.
Tojikiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi Toshkentda birinchi marta o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar markazi hududida bo‘lib o‘tadi.
Ikki davlatning Dushanbe va Toshkentda sanoat ko‘rgazmalari o‘tkazilishi haqidagi kelishuvga joriy yil boshida erishilgan.
17-20 aprelda Dushanbeda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgandi. Unda O‘zbekistonning 160 dan ko‘proq korxonasi o‘z mahsulotlarini taqdim qilgan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026