Sport | 19:46 / 30.09.2017
7159
1 daqiqa o‘qiladi

2026 yilgi Olimpiadani o‘tkazish uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi

Foto: Global Look Press

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 2026 yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazuvchi davlat tanlab olinishi jarayoni haqida so‘zlab berdi.

"Barcha jarayonlarda mezbon davlatni tanlash har bir shahar ehtiyojlariga moslashtiriladi va O‘yinlar loyihalarini mukammallashtirishga imkon beradigan shaharlar va XOQ o‘rtasida ochiq muloqotni o‘z ichiga oladi. Bu o‘zgarishlar ariza berishning butun jarayoni davomida kamroq oraliq natijalar evaziga shaharlarga foyda keltiradi, bu nomzodlar byudjyetini anchagina qisqartiradi.   

Arizalar qabul qilish jarayoni O‘yinlarning sportchilar uchun ziyon yetmagan holda o‘tkazilishini ta'minlash hamda shahar va mintaqaning ehtiyojlarini qondiradigan yechimlarni taklif qilishdan iborat. Bular O‘yinlar ijobiy va uzoq muddatli meros qoldirishini kafolatlash uchun kerak", deb aytgan Bax.

2026 yilgi Olimpiadani qabul qiluvchi davlat 2019 yil yozda tanlab olinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid