Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minoralari aylanuvchi eko-mehmonxona loyihasi namoyish etildi
Belgiyalik arxitektor Vinsent Kallebot o‘zining futuristik loyihalari bilan ma'lum va mashhur. Bu safar u Filippinda barpo etilishi rejalashtirilgan eko-otel loyihasii namoyish qildi. Uning binolari o‘z o‘qi atrofida aylanar ekan, elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Nautilus Eco-Resort 12 ta spiral ko‘rinishidagi turarjoy binosidan iborat bo‘ladi. Turli balandlikdagi inshootlar teleskopik qoziqqa o‘rnatiladi. Bino o‘z o‘qi atrofida 360 darajaga aylana oladi. Bu fotoelektr panellarga kun davomida quyosh energiyasini to‘plash imkonini beradi. Arxitektorning uqdirishicha, bunday yechim turarjoy majmuasini 100 foiz muqobil energiya bilan ta'minlash imkonini beradi.
Quyoshdan tashqari, eko-mehmonxona ulkan turbinalar vositasida suv energiyasidan ham foydalanadi. Ortiq elektr energiyasi yaqin oradagi orollarga yuboriladi.
Spiral ko‘rinishli minoralardan tashqari Nautilus Eco-Resort hududida yana bir nechta turarjoy pavilonlari barpo etiladi. Uning qoq markazida tabiiy yog‘ochdan binoni qad ko‘taradi. Uning tomida organik bog‘lar va sabzavot qatorlari bo‘ladi. Bino ichida damoluvchilar akvaparkda cho‘milishlari, ilmiy laboratoriyaga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi va sport zali ham quriladi.
Hozircha, bu loyiha qachon amalga oshirilishi ma'lum emas. Ayni vaqtda Vinsent Kallebot Hindiston poytaxti Dehli shahrida turarjon mavzesini barpo etish ishi bilan band. Turarjoy binolari yonida fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritib, organik mahsulotlar yetishtiradi. Muqobil energiya manbalari tumanning elektr energiyaga bo‘lgan talabini to‘liq qoplaydi.
Mavzuga oid
07:50 / 30.12.2025
2025 yildagi top-10 osmono‘par bino: Nyu-Yorkdan Shenchjengacha
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
07:30 / 21.10.2025
Muhandislik san’atga aylantirilgan dunyodagi yettita ko‘prik
15:05 / 06.05.2025