Visual Capitalist tayyorlagan infografikada 1909 yildan buyon dunyodagi eng baland osmonöpar bino unvonini olgan inşootlar tarixi aks ettirilgan. Ma’lumotlar Baland binolar va şahar muhiti kengaşi (CTBUH) ma’lumotlariga asoslangan.
Taşkilot metodologiyasiga köra, faqat töliq qavatlarga ega binolar hisobga olinadi. Şu sababli Toronto şahridagi CN Tower yoki Las-Vegasdagi “Stratosfera” minorasi kabi inşootlar reytingga kiritilmagan. Bino balandligi arxitekturaviy çöqqigaça — ya’ni şpillar bilan birga hisoblanadi, ammo antenna va boşqa texnik qurilmalar inobatga olinmaydi.
XX asrning katta qismida dunyodagi eng baland binolar AQŞda joylaşgan edi. Ayniqsa, Nyu-York 1909 yildan 1972 yilgaça ketma-ket arxitektura rekordlari markaziga aylangan.
1909 yilda Metropolitan Life 213 metr balandlikka çiqqan bölsa, bir neça yildan keyin uni 241 metrli Woolworth Building ortda qoldirdi. 1920-yillar oxiriga kelib esa 319 metr balandlikdagi Chrysler Building yangi rekord örnatdi.
1930 yilda foydalanişga topşirilgan Chrysler Building dunyodagi birinçi “öta baland” osmonöpar bino sifatida tarixga kirdi. Uning qurilişi paytida Nyu-Yorkda developerlar örtasida haqiqiy “balandlik poygasi” keçgan. Bino içida yaşirinça yiğilgan 38 metrli şpil raqobatçi 40 Wall Street binosi qurib bitkazilganidan keyin kutilmaganda yuqoriga kötarilgan.
Biroq Chrysler Buildinğning rekordi uzoq saqlanmadi. 1931 yilda Empire State Building oçilib, 381 metr balandlik bilan yangi rekord örnatdi.
Katta depressiya yillarida binoning ijara körsatkiçlari juda past bölgani uçun uni hatto hazilomuz tarzda “Empty State Building” — “Böş davlat binosi” deb ataşgan.
Empire State Building 1972 yilgaça dunyodagi eng baland bino bölib qoldi. Keyinçalik Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi şimoliy minorasi 417 metr balandlik bilan yetakçilikni qölga oldi. Bu binolar 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlar paytida vayron qilingan.
1974 yilda Çikagoda qurilgan 442 metrli Sears Tower (hozirgi Willis Tower) yana AQŞni rekordçilar qatoriga olib çiqdi va qariyb 25 yil davomida yetakçilik qildi.
XX asr osmonöpar binolari: arxitekturadagi buyuk raqobat
13:36 / 28.05.20262 9443 min
1909 yilda Nyu-Yorkdagi Metropolitan Life minorasi 213 metr balandlikka erişib, dunyodagi eng baland bino maqomini olgan edi. Oradan bir asr ötib, Dubaydagi Burj Khalifa 828 metr balandlikka çiqdi - bu avvalgi rekordçidan qariyb tört baravar baland.









