Sport | 16:55 / 01.10.2017
8726
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona»ning bugungi uchrashuvi o‘tkazilmasligi mumkin

«Barselona» Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasiga (RFEF) primeraning 7-turi doirasida bugun «Las-Palmas»ga qarshi o‘tkazishi kerak bo‘lgan uchrashuv qoldirilishini so‘rab murojaat qilgan. Bunga hududda o‘tkazilayotgan mustaqillik referendumi sabab bo‘ladi.

Ushbu referendum Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmadi. Referendum davomida politsiya va saylovchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berdi.

«Barselona» va «Las-Palmas» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:15ga belgilangandi.

Mavzuga oid