Sport | 14:10 / 01.10.2017
17384
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin Xitoydagi turnirda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Xitoyning Chengdu shahrida bo‘lib o‘tib o‘tgan ATR tasnifidagi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Mukofot  jamg‘armasi 1 028 855 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnir finalida Istomin (ATR reytingida 78-o‘rin) kiprlik Markus Bagdatisga (ATR reytingida 113-o‘rin) qarshi kortga chiqdi.

Uchrashuvning birinchi seti 6 geymida kiprlik sportchi jarohati sabab o‘yinni davom ettira olmadi. Bu vaqtda Istomin geymlar bo‘yicha 3:2 hisobida oldinda borayotgandi.

Turnir rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, Denis finalda qozongan g‘alabasi uchun 250 reyting ochkosi hamda 183 435 AQSh dollari mukofot puliga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bu Istominning ATR tasnifidagi turnirlarda qo‘lga kiritgan ikkkinchi g‘alabasi bo‘ldi. U 2015 yilda Londondagi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga oid