Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda avtomobil o‘g‘risi ushlandi
Joriy yilning 21 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani IIB navbatchilik qismidan Shahrisabz tibbiyot birlashmasi oldidan VAZ 2107 oq rangli avtotransport vositasi noma'lum shaxslar tomonidan olib qochilgani to‘g‘risida Qo‘riqlash bo‘limiga xabar beriladi.
IIV Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berishicha, zudlik bilan ushbu xabar qo‘riqlovda bo‘lgan obektlarni tekshirib yurgan Qo‘riqlash bo‘limi texnik qo‘riqlash markazi tezkor xarakatlanuvchi guruhi xodimlari - safdorlar B.Rashidov, M.Mustafoyev va A.Temirovga yetkaziladi.
Shundan so‘ng, ushbu xodimlar avtomashinani qidirib topish choralarini ko‘rayotgan vaqtlarida olib qochilgan avtotransport vositasini noma'lum shaxs boshqarib ketayotganiga guvoh bo‘lishadi. Ular darhol tuman IIB navbatchilik qismiga xabar berib, avtomashinani ushlash choralarini ko‘rishadi va tuman vinoaroq zavodi ma'muriy binosi oldida to‘sib ushlab, noma'lum shaxs tuman IIB navbatchilik qismiga topshiriladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026