Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev: Ba'zilar O‘zbekiston bilan uchrashuvlar ahamiyatini keyinchalik tushunadilar
«Ba'zilar O‘zbekiston bilan hozirgi munosabatlar ahamiyatini keyinroq tushunadilar», - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor doiradagi uchrashuvda. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Prezident o‘zbekistonlik hamkasbi bilan uchrashishdan juda mamnun ekanligini ta'kidladi. Almazbek Atamboyev bir kun oldin Bishkekda aholi bilan uchrashganini va O‘zbekistonga tashrifi haqida xabar topgan odamlar Shavkat Mirziyoyevga iliq so‘zlarni yetkazib qo‘yishni tayinlashganini aytib o‘tdi.
"Odamlar siz - haqiqiy do‘st, Qirg‘izistonning birodari ekanligingizni aytdilar. Bu qabul qilingan tarixiy qarorlar tufaylidir. Biz ko‘p yillar davomida ishlamagan va insonlarning o‘z qarindoshlari hamda yaqinlari bilan ko‘rishishiga xalaqit bergan nazorat-o‘tkazish punktlarining ochilishini ko‘rmoqdamiz. Bu punktlarning ochilishi - sizning donoligingiz va uzoqni ko‘ra bilishingizdir. Tarixga qarasak, biz bir vaqtlar katta davlatning - Qo‘qon xonligining bir qismi bo‘lgan edik. Bizning kuchimiz birgalikda bo‘lganimizda edi. Misol uchun, agar onasi qirg‘iz bo‘lsa, otasi o‘zbek va aksincha. Buni barchamiz yodda saqlashimiz kerak. Bizning munosabatlar darajasini yangi cho‘qqilarga olib chiqish lozim, ular qadim zamonlardagi kabi bo‘lishi kerak. Agar kimdir hali ham tushunmagan bo‘lsa, ular vaqt o‘tishi bilan bugungi qarorlarning qanchalik muhimligi va tashriflar qanchalik tarixiy bo‘lganini anglab yetishadi”, - deya xulosa qilgan Almazbek Atamboyev.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025