Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Atletiko» «Barselona» muxlislarini stadionga kiritmaydi
"Atletiko" klubi La Liganing 8-turida bo‘lib o‘tadigan "Barselona"ga qarshi o‘yin uchun kataloniyalik muxlislarga chipta sotmaslikka qaror qildi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, buning sababi qilib "Vanda Metropolitano" stadionining mehmon jamoa muxlislari sektoridagi muammolar ko‘rsatilayotgan bo‘lsa-da, aslida mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, Madrid klubi kataloniyaliklarni stadionga kiritmaslikka qaror qilgani haqiqatga yaqinroq.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona»ning avvalgi turdagi «Las Palmas»ga qarshi kechgan uchrashuvi «Kamp Nou»da, bo‘sh tribunalar ostida kechgandi.
«Atletiko» - «Barselona» o‘yini 14 oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Kataloniyaliklar yetti turdan so‘ng, yuz foizli natija ko‘rsatgan holda, turnir jadvalini boshqarib turgan bo‘lishsa, Simeone shogirdlarida uchta durang bor va yetti o‘yindan 15 ochko jamg‘arib, 4-o‘rindan joy olishgan.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026