Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigerda AQSh harbiylari o‘qqa tutildi
Foto: Flickr / Gertrud Zach
Afrikaning Niger davlati janubi-g‘arbiy qismida AQSh va ushbu mamlakat harbiylarining qo‘shma patruli o‘qqa tutildi, deb xabar tarqatdi Reuters.
"Biz Niger janubi-g‘arbiy qismida AQSh va Nigerning qo‘shma patruli dushmanlar tomonidan o‘qqa tutilganini tasdiqlashimiz mumkin", - degan Reuters’ning Pentagondagi manbasi.
Biroq, u halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar sonini ochiqlamagan.
Reuters’ning Pentagondagi vakilga asosan xabar berishicha, hodisa tufayli kamida sakkiz nafar askar halok bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Niger qurolli kuchlarining besh nafar askari va AQShning uch harbiysi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, amerikalik yana ikki askar yaralangan.
Agentlik diplomatik manbasining ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qilganlar Nigerga Malidan kelishgan.
Biroq, AQSh qurolli kuchlarining Afrika qo‘mondonligi hozircha Nigerda ro‘y bergan voqea tufayli amerikalik askarlar halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.
Mavzuga oid
11:44
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
09:47
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
23:00 / 11.03.2026
G‘arbiy Yevropada AQSh-Eron urushining birinchi kunida sirli radiostansiya ishga tushdi
22:40 / 11.03.2026