Sport | 20:40 / 05.10.2017
6225
2 daqiqa o‘qiladi

Riodagi Olimpiada g‘olibidan doping bo‘yicha ayblovlar olindi

Foto: Panoramic/ZUMAPRESS.com/ Globallookpress.com

2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tgan Olimpiadaning 50 km ga sport yurishi turi bo‘yicha g‘olibi bo‘lgan slovakiyalik Matey Totdan unga doping qabul qilish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar bekor qilindi. Bu haqda The Slovak Spectator nashri xabar bermoqda. Sportchining aybsizligi haqidagi qarorni Slovakiya yengil atletika federatsiyasi qabul qildi. 

"Slovakiya yengil atletika federatsiyasi intizom qo‘mitasi mening foydamga qaror chiqarganidan juda baxtiyorman", deb aytgan Tot.

Sportchi poligrafda (insonning rost yoki yolg‘on gapirayotganini bilish uchun qo‘llanadigan qurilma) sinovdan o‘tgan va bir nechta tahlil topshirib, uning biologik pasportida me'yordan og‘ishishlar bo‘lmaganini isbotlay olgan. Sportchi unga nisbatan Yengil atletika federatsiyalari xalqaro uyushmasi (IAAF) o‘tkazgan tergov sababli Londondagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan. IAAF va Butunjahon aksildoping agentligi Slovakiya yengil atletika federatsiyasi qarori yuzasidan 21 kun ichida Sport hakamlik sudiga shikoyat qilishlari mumkin. 

Riodagi Olimpiadada Tot 50 km lik masofani 3 soat 40 daqiqa 58 soniyada bosib o‘tgan. Totning hisobida shuningdek Pekindagi 2015 yilgi jahon chempionati oltin medali va 2014 yilgi Yevropa chempionati kumush medali bor.    

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid