Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Atamboyev bilan delegatsiyalarimizning advokati bo‘lib ishlamoqdamiz»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyev bilan ikki mamlakat delegatsiyalarining advokati bo‘lish ishlashayotgani aytib o‘tdi. 24.kg’ning yozishicha, bu haqda u bugun Toshkentda Qirg‘iziston prezidenti bilan kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar mobaynida aytgan.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 25 yil ichida davlatlar o‘rtasida bu qadar do‘stona aloqalar bo‘lmagan. Shavkat Mirziyoyevning ishonchiga ko‘ra, bunga sabab — Almazbek Atamboyevning oqilona siyosati va u tufayli tomonlar hamkorlikka va bugun imzolanadigan bitimlarga erishishgan.
«Biz barcha to‘siqlarni olib tashlash uchun yana 5–6ta bitim haqida kelishib olmoqdamiz. Savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida gapiriladigan bo‘lsa, so‘nggi yarim yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 8–10 barobarga oshdi. Hammasiga sabab ikki davlat rahbarlarida kelishilgan narsalarni amalga oshirish uchun siyosiy iroda bor. Bugun biznes-forumda 200 million dollarga yaqin summada shartnomalar imzolandi. Biroq bu katta, qunt bilan bajariladigan, jiddiy ishlarning boshlanishidir. Men buni juda qadrlayman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
«Biz, ikki prezident delegatsiya a'zolarining advokatimiz. Ular hamjihatlikda natija uchun ishlashni biroz unutishgan, biroq endi ko‘nikish kerak», — dedi Sh.Mirziyoyev.
«Biz o‘z vazirlarimizga bitimga chiqishlari uchun qat'iy topshiriq berdik. Bir oy-bir yarim oydan keyin yana uchrashganimizda, barcha masalalar yechilgan bo‘lishi uchun. Xalqlarimizning mentaliteti va ma'naviyati yaqin. Biz bitta tilda gaplashamiz, bo‘lishadigan narsamiz yo‘q. Biz bugun hamma narsa haqida kelishib oldik, deb o‘ylayman. Agar toza formal masalalar yoki tushunmovchiliklar bo‘lsa, bugun kechqurungacha hammasi yechilishi kerak. Biz kelishib oldik, agar lozim bo‘lsa, ertaga ertalab yana yig‘ilib, masalalarning oxirigacha hal qilamiz», — deya so‘zlarini yakunlagan Mirziyoyev.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025