Jamiyat | 08:12 / 06.10.2017
12621
2 daqiqa o‘qiladi

48 ta tibbiyot tashkiloti tadbirkorlik sub'yektlariga sotiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 29 sentabr kuni “Sog‘liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirish maqsadida davlat aktivlarini realizatsiya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tadbirkorlik sub'yektlariga samarasiz faoliyat olib borayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini xususiylashtirish tartibida realizatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi. 

Xususiylashtirish tartibida davlat aktivlari savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. 

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini tadbirkorlik sub'yektlariga sotish uchun savdolarga qo‘yish, baholash bo‘yicha reja-jadvalni tasdiqlash, davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini sotish shartlari ustidan ularda ishchi o‘rinlarni saqlab qolish bilan nazoratni ta'minlash vazifasi yuklandi.

Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida savdolarga qo‘yiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxatidan hammasi bo‘lib 48 ta muassasa o‘rin olgan.  

Hujjat 5.10.2017 yilda kuchga kirdi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid