Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan prezident Almazbek Atamboyev bugun Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.
Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 5 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025