Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» yangi murabbiyni e'lon qildi
72 yoshli mutaxassis Yupp Haynkes «Bavariya» murabbiyligiga qaytarildi. Myunxen klubi rasmiy saytida u bilan 2018 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo‘luvchi qisqa muddatli shartnoma tuzilgani xabar qilingan.
Haynkes 9 oktabr kuni ishga kirishadi.
«Bu do‘stona xizmat. Men „Bavariya“ bilan qalin aloqalarga egaman. Ajoyib hissiyotlar bilan ishga kirishmoqdaman», — degan Haynkes Kicker uchun bergan intervyusida.
2013 yilda Haynkes «Bavariya» bilan trebl qayd etgach (Chempionlar ligasi, chempionat va Germaniya Kubogi) faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qilgandi.
«Bavariya» o‘tgan oy oxirida Karlo Anchelottini iste'foga chiqargandi. Bunga jamoaning Chempionlar ligasi guruh bosqichida «PSJ»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishi sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
05:33 / 27.11.2025
YeChL. Gigantlar jangida «Arsenal» «Bavariya»ni yakson etdi
13:21 / 05.11.2025
«Liverpul» «Real»ga imkon qoldirmadi, «Arsenal» va «Bavariya»ni to‘xtatib bo‘lmayapti
23:41 / 18.10.2025
Der Klassiker «Bavariya» g‘alabasi bilan yakunlandi
10:34 / 18.09.2025