Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina AQShga o‘zi xohlayotgan qurollar ro‘yxatini berdi
Foto: Public domain
Ukraina hukumati AQShga o‘zi olishni xohlagan qurol-yarog‘lar ro‘yxatini topshirdi. Bu haqda "Ukrainskaya pravda" internet-narshi mamlakat Bosh shtabi boshlig‘i Viktor Mujyenkoga asosan xabar bermoqda.
Kiyev Vashingtondan havo razvedkasi vositalari, tanklarga qarshi tizimlar va radioelektron kurash tizimlarini so‘ragan.
Bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tdi, endi Vashingtonning siyosiy qarorini kutish lozim, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi bosh shtab boshlig‘i.
Mujyenkoning qayd etishicha, ba'zi taxminlarga ko‘ra, Vinnitsa yaqinidagi harbiy omborlarda yaqinda ro‘y bergan portlashlar AQShdan qurol yetkazib berishga xalaqit qilishga qaratilgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko sentabr oyida Amerika senati Kiyevga xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qo‘llab-quvvatlov uchun 500 mln. dollar ajratgani haqida ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi Kiyevga “mudofaa xususiyatiga ega qurol-yarog‘lar” yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
23:06 / 26.12.2025
Rojdestvoda o‘lim tilagi: toqatsizlik nafratga aylandi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
16:39 / 26.12.2025