Jahon | 20:00 / 08.10.2017
9971
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh armiyasini IShIDga tenglashtirish bilan tahdid qildi

Foto: Reuters

Eron AQSh Tehronga qarshi yangi sanksiyalar qabul qilsa va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIQK) terrorchilik tashkiloti deb e'lon qilsa, buning oqibatlari yomon bo‘lishidan ogohlantirdi.

IIQK brigada generali Muhammad Ali Ja'fariy Eron bu holatda javob choralari ko‘rishga tayyorligini aytgan. "Agar AQSh hukumati ahmoqligi haqidagi yangiliklar rost bo‘lsa va u Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini terrorchilik guruhi deb e'lon qilmoqchi bo‘layotgan bo‘lsa, unda IIQK AQSh armiyasini butun dunyoda va ayniqsa Yaqin Sharqda IShIDga tenglashtiradi", deb aytdi Ja'fariy.

Ja'fariy shuningdek AQShga mintaqada joylashgan harbiy bazalarini Eron raketalari nishonga ura oladigan sarhadlar ortiga, ya'ni 2 ming km uzoqroqqa ko‘chirishni tavsiya qildi.

6 oktabrda Oq uy Eronni raketalar sinovi uchun, terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash va kiberoperatsiyalarda ayblab, unga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma'lum qilgandi.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid