Sport | 19:00 / 08.10.2017
5046
1 daqiqa o‘qiladi

Rafael Nadal Pekindagi musobaqa g‘olibi bo‘ldi

Foto: NEWS.CN

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Pekinda o‘tgan tennis musobaqasida g‘olib bo‘ldi.

Final uchrashuvida "tuproqli kortlar qiroli" avstraliyalik Nik Kirosni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Tennischilar kortda 1 soat-u 33 daqiqa o‘tkazishdi.

Shu musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslari finalida fransiyalik Karolin Garsiya ruminiyalik Simona Xalepni mag‘lub etdi.

Darvoqe, ayni vaqtda 1-raqamli tennischi sharafiga Ispaniyaning Valyadolid ko‘chalaridan biri uning ismi bilan nomlanadigan bo‘ldi. "Katta dubulg‘a" musobaqalarining 16 karra chempioni nomi Valyadolid universitetining sobiq rektori Luis Suares Fernandes nomidagi ko‘chaga beriladigan bo‘ldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid