Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Turkiyadagi elchixonasi vizalar berishni to‘xtatdi
AQShning Turkiyadagi barcha diplomatik missiyalarida noimmigratsion vizalarni berish to‘xtatildi. Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchixonasi bayonotiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Bayonotga ko‘ra, AQShni bunday chora ko‘rishga oxirgi voqealar majbur qilgan: joriy haftada Turkiyada AQSh davlat departamentining Istanbuldagi konsulligi xodimi Metin Topuz "konstitutsiyani buzish" va "Turkiya hukumatini ag‘darishga urinish"da ayblanib hibsga olingan. Topuz muxolif Fathulla Gulen tashkiloti FeTO bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Elchixonaning fikricha, Turkiya hukumati AQSh diplomatik missiyalari xodimlari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayapti. Biroq rasman noimmigratsion vizalarni berish AQShga tashrif buyuruvchilar sonini kamaytirish uchun to‘xtatilgan, deb tushuntirilgan.