Jahon | 19:05 / 09.10.2017
4863
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada gripp epidemiyasi avjiga chiqdi

Foto: Observer-Reporter

Avstraliyada gripp epidemiyasi avjiga chiqqan.

Mamlakat hukumati vakillarining xabariga ko‘ra, so‘nggi oylarda 370 inson bu kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Grippni yuqtirib olganlar soni esa 160 mingdan oshib ketgan.

Shtammdan Yangi Janubiy Uels shtati aholisi hammadan ko‘p ozor chekkan. U yerda kasallikka chalinganlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 150% o‘sgan.

Sog‘liqni saqlash idoralari vakillari gapiga ko‘ra, grippning yangi shtammi mutatsiyaga uchragan, mukammal turni tashkil qiladi va an'anaviy shtammga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatiga ega.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid