Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollarning rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 10 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 3 oktabr kuni o‘rnatilgan kursga nisbatan 8,72 so‘mga pastlagan va 8052.088 so‘mga teng bo‘lgan.
Bir yevro esa43.28 so‘mga arzonlab, 9450.73 so‘mni tashkil etgan.
1 Rossiya rubli esa 1.39 so‘mga arzonlab, 138,52 so‘mga tushgan.
1 AQSh dollari 8052,08
1 YeVRO 9450,73
1 Rossiya rubli 138,52
1 Angliya funt sterlingi 10547,42
1 Yaponiya iyenasi 71,52
1 Janubiy Koreya voni 7,04
1 Quvayt dinori 26649,28
1 Malayziya ringgiti 1903,57
1 Kanada dollari 6424,19
1 Xitoy yuani 1213,83
1 Singapur dollari 5905,02
1 Shveytsariya franki 8233,21
1 BAA dirhami 2192,35
1 Misr funti 457,48
1 Avstraliya dollari 6253,25
1 Turkiya lirasi 2170,14
1 SDR 11344,58
1 Ukraina grivnasi 301,01
1 Polsha zlotiysi 2192,77
Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1 AQSh dollarini 8100 so‘mga teng baholagandi. Shundan keyingi haftalarda dollar kursi uzluksiz pasayib kelmoqda va o‘tgan bir oy ichida jami 50 so‘mga yaqin qiymatda pastladi.
Ma'lumot uchun, Markaziy bank kursi, avvalgidek, hafta davomida valyuta birjasi savdolari chog‘ida qayd etilgan kurslarning o‘rtacha miqdori sifatida har dushanba kuni belgilanadi va O‘zbekiston hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
18:54 / 02.02.2026
Jahon bozorida oltin va kumush narxi quladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
16:02 / 05.12.2025