Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shov-shuv: Messi 400 million yevroga boshqa jamoaga o‘tishi mumkin
Foto:Eurosport
«Manchester Siti» klubi «Barselona» futbolchisi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olish harakatiga tushib qolgan. Bu haqda As nashri xabar tarqatmoqda.
Oldinroq bergan xabarimizda «Manchester Siti» Messining yangi shartnomasi bo‘yicha qarorini kutayotgani, agar u jamoada qolishni istamasa, istalgan vaqtda unga taklif bilan chiqishga tayyorligi ma'lum qilingandi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Leo «Barselona»dan ketishga qaror qilgan bo‘lsa, «Manchester Siti» uning uchun 400 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi.
Gap uning tovon puli haqida ketmayapti. Aniqrog‘i yozda shartnomasi nihoyasiga yetadigan futbolchi uchun jamoa shuncha pul to‘lashga tayyor. Natijada Messi qishdayoq «Manchester Siti»ga o‘tish bo‘yicha og‘zaki kelishib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:57 / 11.12.2025
«Real» «Siti»ga yutqazdi, «Arsenal»da yana yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
23:06 / 09.12.2025
Holand dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida Yamalga yetib oldi
10:09 / 07.12.2025
«Arsenal»da alamli mag‘lubiyat, «Barsa» o‘yinida gollar shousi. Kun o‘yinlari
12:19 / 03.12.2025