Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mahalla posboni» rahbarlari Ichki ishlar organlari kadrlar zaxirasiga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 7.10.2017 yildagi 805-son qarori bilan Fuqarolar yig‘inining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Tuzatishlarga binoan jamoatchilik tuzilmasi rahbari fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektorining tavsiyasiga ko‘ra IIO kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Buning uchun uning yoshi 30 dan oshmagan bo‘lishi, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha IIO xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lishi, muddatli harbiy xizmatni yoki SChZda xizmatni yoxud oliy ta'lim muassasasida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan bo‘lishi, shuningdek jamoatchilik tuzilmasida kamida bir yil ishlagan bo‘lishi kerak.
Hujjat 10.10.2017 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
20:33 / 24.10.2025
Prezident Ichki ishlar organlarining bir qancha xodimlarini mukofotladi
18:28 / 14.03.2024
Tezkor-qidiruv tadbirlarini kibermakondan foydalangan holda o‘tkazishga ruxsat berildi
08:56 / 25.02.2019
O‘zbekistonda endi «tibbiyot posbonlari» ham paydo bo‘ladi
17:27 / 08.02.2019