Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaltsiy yetishmovchiligi to‘satdan yurak to‘xtashi xavfini oshiradi
Sidars-Sinay Kardiologiya institutida o‘tkazilgan yangi tadqiqot qonida kalsiy miqdori kam bo‘lgan odamlar to‘satdan yurak to‘xtashiga ko‘proq moyil bo‘lishini ko‘rsatdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida ma'lum qildi.
Mutaxassislar yurak to‘xtashini boshdan o‘tkazgan 267 kishi va bunday holatga duch kelmagan 445 nafar ko‘ngillining ma'lumotlarini tahlil qilib chiqishdi.
Tadqiqotchilarning ma'lum qilishicha, to‘satdan yurak to‘xtashini boshdan o‘tkazgan ishtirokchilarning qon zardobidagi kalsiy miqdori me'yordan past bo‘lgan.
Qon zardobida kalsiy miqdori eng kam bo‘lgan kishilarning yurak to‘xtash ehtimoli qonida kalsiy yetarlicha bo‘lgan ko‘ngillilarning yurak to‘xtash ehtimoliga nisbatan ikki karra yuqori bo‘lgan.
Kaltsiyning qondagi miqdori bir detsilitrga 8,95 milligrammdan pasayganda to‘satdan yurak to‘xtash xavfi oshadi. Shuningdek olimlar yurak to‘xtashini boshdan o‘tkazgan kishilarning ko‘p holatlarda diabet va surunkali buyrak kasalliklaridan ham aziyat chekkannini aniqlashdi.
Tadqiqotchilar natijalarga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni hisobga olib qo‘yishdi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu boradagi izlanishlarni davom ettirish zarur.
Mavzuga oid
18:53 / 25.04.2026
Ikki meva kombinatsiyasi yurak salomatligini yaxshilashi aniqlandi
01:36 / 01.12.2025
Yurak uchun eng foydali mahsulotlar aytildi
21:00 / 16.08.2025
“Yurak to‘qimasidan klapan yasadik” – O‘zbekistonda ilk bor noyob yurak operatsiyasini o‘tkazgan kardiojarroh
07:36 / 29.07.2024