Yangi tadqiqotga köra, har kuni avokado va mango iste’mol qiliş yurak-qon tomir tizimi salomatligini yaxşilaşi mumkin. Verywellhealth naşrining yozişiça, tadqiqotçilar avokado va mango kombinatsiyasi qon tomirlarining qon oqimiga javoban kengayiş qobiliyatini yaxşilaşi mumkinligini ta’kidlamoqda, bu esa yurak salomatligining muhim körsatkiçidir.
Tadqiqot şuni körsatdiki, 8 hafta davomida har kuni avokado va mango iste’mol qilgan kattalarda endoteliy funksiyasining örtaça yaxşilanişi kuzatildi, bu qon tomirlarining qon oqimiga javoban qançalik yaxşi kengayişini körsatadi.
Mango va avokado kombinatsiyasini iste’mol qilgan iştirokçilarda qon oqimi vositasida qon tomirlarining kengayişi taxminan 1 foizga oşdi, bu qon tomirlarining qançalik yaxşi böşaşişi va kengayişini körsatadi.
Şu bilan birga, diyetolog Metyu J. Landrining hisob-kitoblariga köra, qon oqimi vositasida qon tomirlari kengayişining har bir 1 foizga oşişi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 8 foizga kamaytiradi.
Mango va avokado yurak salomatligini qanday qöllab-quvvatlaşi mumkin?
Mango va avokado organizmning me’yorda işlaşi uçun zarur bölgan vitaminlar va ozuqa moddalarini, jumladan, oziq-ovqat tolalari, kaliy, fitokimyoviy moddalar, C vitamini va mono töyinmagan yoğlarni öz içiga oladi.
Landrining aytişiça, ular oksidlaniş stressini kamaytiriş va endoteliy funksiyasini yaxşilaş bilan boğliq. Uşbu ozuqa moddalari, şuningdek, qon tomirlariga köproq azot oksidi işlab çiqarişga imkon beradi, u qon tomirlariga böşaşiş va kengayiş haqida signal berib, qon oqimini yaxşilaydi.
Şu bilan birga, diyetolog Stefani Jonsonning ta’kidlaşiça, tadqiqotga köra, uşbu mevalarni birgalikda iste’mol qiliş yurak-qon tomir tizimi salomatligini, xususan, diastolik qon bosimini yaxşilaşi mumkin. Buni bir neçta omillar, jumladan, oksidlaniş stressining kamayişi, yalliğlanişning kamayişi, qon tomirlari funksiyasining yaxşilanişi yoki yoğ almaşinuvining yaxşilanişi bilan izohlaş mumkin, deb qöşimça qildi u.
Şu bilan birga, bu mevalarni ma’lum vaqt oraliğida birgalikda iste’mol qiliş kerakmi yoki ularni kun davomida iste’mol qiliş kerakmi, hali aniq emas.
Eslatma: yangilik körinişidagi materiallarni şifokorning retsepti bilan tenglaştirmaslik kerak. Qaror qabul qilişdan oldin mutaxassis bilan maslahatlaşing.













