Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple egiluvchan ekranli iPhone ishlab chiqishga kirishdi
Foto: Investor
Amerikaning Apple korporatsiyasi egiluvchan iPhone ishlab chiqishni boshladi, deb xabar qilmoqda Investor nashri.
Qayd etilishicha, LG Display yangi iPhone smartfoni uchun egiluvchan OLED-ekranni ishlab chiqish uchun jamoani tashkil etdi. Bundan tashqari LG Innotek egiluvchan va chidamli platani ishlab chiqish ustida ish boshlab yuborgan.
Xabar qilinishicha, Samsung bukiluvchan smartfonini kelgusi yilda havola etadi. Apple esa bunday displeylarni 2020 yilda ishlab chiqarishni boshlashi mumkin.
Ayni vaqtda Samsung yangi iPhone X smartfoni displeylarining yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Apple bevosita raqobatchisidan uzoqlashish hamda maxfiy rejalari oshkor bo‘lishining oldini olish maqsadida LG Display bilan hamkorlikni kuchaytira boshladi.
Mavzuga oid
14:25
2025 yilda ayfonlarning 70 foizi Rossiyaga yashirin sxemalar orqali olib kirilgan
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
14:03 / 17.12.2025
iMac Pro qaytmoqda: nimalar ma’lum va nimani kutish mumkin?
12:44 / 16.12.2025