O‘zbekiston | 20:20 / 13.10.2017
26955
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent» xalqaro aeroportida «yashil» va «qizil» yo‘lak​ paydo bo‘ladi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lak tizimini - «yashil» yoki «qizil» yo‘lagidan o‘tish qoidalari tartibga solindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorida shunday deyiladi.

Aniqlanishicha, «yashil» yo‘lak - kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy. Undan tovarlar quyidagi tovarlardan tashqari og‘zaki deklaratsiyalashtirish bilan o‘tish mumkin:

hujjatlariga muvofiq taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar;

aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normasidan oshadigan tovarlar;

ruxsat etilgan mablag‘lar cheklangan normalari;

«Qizil» yo‘lak esa jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, shuningdek, deklaratsiyaga kiritilishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tish uchun mo‘ljallangan joy sanaladi.

Qoidalar tartibga keltirilgan Nizomda keltirilishicha, har bir yo‘lak tomonga harakatlanish va har bir yo‘lakka kirish yo‘nalishi aniq belgilanishi hamda farqlanishi zarur.

«Yashil» yo‘lakka kirish oq fonda yashil rangli sakkiz burchak shaklidagi, davlat tili, rus tili va ingliz tilida «Yashil yo‘lak» yozuvi bo‘lgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid