Jahon | 09:11 / 14.10.2017
11966
1 daqiqa o‘qiladi

Islandiya prezidenti hushidan ketib qoldi va burnini sindirib oldi

Foto: Gvyudni Youxannesson

Islandiya prezidenti Gvyudni Youxannessonning xabar berishicha, yuvinayotgan paytida hushidan ketib qolgan hamda burnini sindirib olgan. Bu haqda RIA Novosti mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar bermoqda.

"Issiq suvda yuvinish jarayoni juda ham yoqimsiz holat bilan yakuniga yetdi", - deya yozdi siyosatchi Facebook’dagi sahifasida. Prezident yiqilib tushganidan so‘ng darhol shifoxonaga olib borilgan, u yerda tegishli muolajalar amalga oshirilgan.

Islandiya yetakchisi ayni damda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Gvyudni Youxannesson Islandiya prezidenti lavozimini 2016 yilning 1 avgustidan beri egallab keladi. U bu lavozimni 48 yoshida egallab, mamlakat tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi.

Mavzuga oid