Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalidagi terakt qurbonlari soni 40 nafarga yetdi
Foto: Reuters
Somali poytaxti Mogadishoda sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi, yana bir necha kishi jarohat olgan. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq portlovchi modda bilan to‘ldirilgan yuk mashinasining shaharning gavjum ko‘chalaridan birida portlatilishi oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani, 15 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.
Terakt guvohlaridan birining ma'lum qilishicha, portlash Safari menhmonxonasi oldida sodir etilgan, halok bo‘lgan qurbonlarning aksariyati oddiy fuqarolar bo‘lgan.
Bundan tashqari, politsiyaning ma'lum qilishicha, voqea yuz bergan tumanda yana bitta portlash sodir etilgan va u hech qanday qurbonlarga olib kelmagan. Shuningdek, politsiya portlovchi moddalar topilgan avtomobil haydovchisini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
21:40 / 03.12.2025
“Yong‘in payti oshxonada odam ko‘p edi” – Gulistondagi portlash joyidan reportaj
17:48 / 03.12.2025