Wi-Fi butun dunyo bo‘ylab xavf ostida qolgani ma'lum bo‘ldi
Wi-Fi-ulanishning xavfsizligi jiddiy kamchilik tufayli tahdid ostida qoldi, buni mutaxassislar guruhi aniqladi, deb xabar bermoqda The Verge.
Mutaxassislar shaxsiy va korporativ tarmoqlarni himoya qilish uchun ishlatiladigan WPA2 xavfsizlik protokolida jiddiy muammolarni topdilar. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, kamchilik tufayli istalgan Wi-Fi-tarmog‘ini buzib kirish va barcha trafikdan foydalanish imkoniyatini olish mumkin.
«Agar sizning qurilmangiz Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlasa, u ehtimol xavf ostida qolgan», - deya ta'kidlanadi tadqiqot anonsida.
Bundan tashqari, mutaxassislarning qayd etishicha, Android asosidagi qurilmalarning 41 foizi xavfning «o‘ta zararli» versiyasiga yo‘liqishi mumkin.
Tadqiqotchilar boshqa xavfsizlik protokollaridan foydalanishni tavsiya etishmayapti, chunki ular yanada ishonchsizdir. KRACK deb atalgan eksploit bo‘yicha to‘liq hisobot 1 noyabr kuni ACM CCS konferensiyasida taqdim etiladi.
Mavzuga oid
22:37 / 13.07.2023
Yorug‘likka asoslangan Li-Fi standarti qabul qilindi
16:39 / 22.07.2022
Toshkent aeroportida bepul va yuqori tezlikdagi Wi-Fi ishga tushirildi
16:56 / 02.03.2020
Hindistonda yo‘lovchilarning samolyotda Wi-Fi’dan foydalanishiga ruxsat berildi
23:18 / 17.02.2020