Fan-texnika | 09:33 / 17.10.2017
18393
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Fargo Parcel Service – internet-cavdogarlarning eng yaqin do‘sti!

Foto: Fargo Parcel Service

Birinchi universal do‘kon Bon Marche 1852 yil Fransiyada ochilgan. Keyinroq, 1859 yilda dunyodagi birinchi A&P (Atlantic & Pacific) universal do‘konlar tarmog‘i tashkil etilgan. Supermarketlar XX asrning 30-yillarida paydo bo‘lgan, birinchi gipermarket - Carrefour esa Fransiyada 1963 yilda ishga tushgan. Internet-savdo davri esa 1995 yilda Amazon.com bilan birga boshlangan. Ommaning universal do‘konlardan onlayn-cavdoga o‘tishiga esa 143 yil vaqt kerak bo‘ldi. .

So‘nggi trend – bu internet-savdoning rivojlanishi. O‘zbek Aliekspress yoki Amazoni «maqom»ini egallash uchun kundan-kunga yangi o‘yinchilar maydonga chiqmoqda. Bundan tashqari, ko‘plab tadbirkorlar ixtisoslashtirilgan internet-do‘konlar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z mahsulotlarini taklif qilib, onlayn-savdoga o‘tmoqda. Hukumat elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun savdo qonunidagi ko‘plab cheklovlarni olib tashlagan holda mazkur trendning rivojlanishiga imkon bermoqda.

Foto: Fargo Parcel Service

Nima uchun savdo tizimi shiddat bilan onlayn sektorga o‘tmoqda? Asosiy sabab shundaki, siz potensial xaridorlar mavjud bo‘lgan yerda savdo qilishingiz zarur. Zamonaviy hayotda esa insonlarning ko‘p qismi internet bilan doimo aloqada. Masalan, siz erkaklar uchun tovarlarni sotayotgan bo‘lsangiz, Facebook tarmog‘i orqali Toshkentda yashayotgan qariyb 500 mingga yaqin erkak xaridorlarni topishingiz mumkin. Taxminan 450,000 so‘m evaziga siz o‘z mahsulotingiz reklamasini ulardan 50 mingtasiga ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari, internet savdo uchun qandaydir joy talab etilmaydi. Savdo nuqtalarini joylashuvida muammo tug‘ilmaydi, tovar assortimentlar kengligi ham cheklanmaydi.

Jahon tendensiyalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yana 5 yildan so‘ng mamlakatimiz fuqarolari savdoning katta qismini internet orqali amalga oshirishadi. Bu ajablanarli emas: har doim turli kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan zarur tovarlarni taqqoslash hamda ularning ichidan eng sifatlisini va albatta, hamyonbopini tanlash imkoni mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, xaridor kerakli mahsulotlarni Jahon tarmoqlari orqali sotib olayotganda qimmatbaho vaqti va kuchini anchayin kam sarflaydi.

Internetda savdo qilishning yana bir afzal jihati shundaki, bu nafaqat o‘z shahringizdagi do‘konlarda, balki uzoq masofadagi – boshqa nuqtadagi, hattoki, xorij mamlakatlardagi do‘konlarda shoping qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, buning uchun hech qayerga borish shart ham emas, shunchaki xaridni aniqlab, yetkazib berish xizmati orqali buyurtma berish mumkin.

Agarda siz onlayn savdoni boshlamagan bo‘lsangiz – u holda bu ishni hoziroq boshlang! Shiddat bilan ketayotgan poyezddan ortda qolmaslik uchun birinchilardan bo‘ling.

Foto: Fargo Parcel Service

Onlayn savdo-sotiqni boshlash uchun quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi:

  • Internet orqali sotmoqchi bo‘lgan mahsulotlarning raqamli katalogini yaratish kerak. Bular mahsulot ta'rifi, narxi va kafolat shartlari tushirilgan sifatli rasmlardir.
  • Mos keluvchi savdo maydonini tanlash lozim. Bu ijtimoiy tarmoq, internet-do‘kon yoki sizning shaxsiy savdo maydoningiz bo‘lishi mumkin.
  • Mahsulotlaringizni xaridorlarga yetkazib berish xizmatini tashkil etish.

Raqamli katalog yaratish – e'tiborni talab qilsa-da, qiyin ish emas. Avvaliga 3-5 mahsulotdan boshlang, bu ko‘p vaqt olmaydi. Keyin kuniga yoki haftasiga bittadan mahsulot qo‘shib borish mumkin. Qarabsizki, butun katalog shakllanadi.

Maydon tanlovi qanday savdo strategiyasini ma'qul ko‘rishingizga bog‘liq. Mahsulot haqidagi ma'lumotni shunchaki bepul, lekin juda faol savdo maydonlariga (masalan, OLX.UZ) joylashtirish mumkin. Biroq shuni unutmangki, bu holatda sizning tovaringiz katta miqdordagi boshqa mahsulotlar ichila «yo‘qolib» ketishi mumkin. Agarda siz ijtimoiy tarmoqni tanlasangiz, mahsulot yoki xizmatlarning pulli reklamasini kuchaytirish ancha samaraliroq bo‘ladi. O‘z savdo maydoningizni yaratish – juda murakkab ish bo‘lib, katta hajmdagi resurslar va vaqtni talab etadi. Siz shuningdek, bir vaqtning o‘zida bir qancha internet-savdo kanallarini tanlashingiz mumkin: bepul e'lonlar doskasi, internet-do‘konlar, ijtimoiy tarmoqlar, telegram-kanallar va shaxsiy veb-sayt.

Xaridorlarga mahsulot yetkazib berishda esa ikki imkoniyatni e'tiborga olish zarur:

Birinchisi – bu o‘z ichiga transport vositasi, haydovchilar, kurer, dispetcher, qadoqlovchi va boshqa ishchilarni oluvchi yetkazib berish xizmatini shaklantirish. Bundan tashqari, o‘z kurer va dispetcheringizga mijozlar bilan muloqot va hamkorlik qilish, vaqtni nazorat qilish va yetkazib berish hamda to‘lov amalga oshirish tezligi qoidalarini o‘rgatish kerak bo‘ladi. Agar xodimingiz zarur mahsulotni aniq o‘z vaqtida yetkazib bersa, mijozlar bilan muloyim munosabatda bo‘lsa, barcha savollarga javob berib, e'tirozlarni tinglay olsa – xaridor minnatdor bo‘ladi. Shundan so‘ng u mazkur firma xizmatlaridan doimiy tarzda foydalanadi.

Foto: Fargo Parcel Service

Ikkinchisi – bu ishni professional kurerlik xizmatlariga ishonib topshirish. Nima uchun bu imkoniyatdan foydalanish lozimligini sanab o‘tamiz:

  1. Xizmat sifati. Professional kurerlik xizmati mahsulotingizni tezroq yetkazib beradi, shuningdek, mijozlar bilan kelishuv jarayonida ular o‘z ishiga puxta yondoshadi. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimi yetkazib berish darajasini to‘xtovsiz kuzatishingizga imkon beradi.
  2. Yetkazib berish xizmati narxi. Kurerlik xizmati sizdan-da ko‘proq tovarlarni yetkazgani bois, tashish qiymati ham shuncha past bo‘ladi. Masalan, FARGO Parcel Service’da 1 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikdagi buyumlarni Toshkent shahri ichida yetkazib berish – bor-yo‘g‘i 7000 so‘m, shuningdek, to‘lovni terminal yoki PayMe/Click orqali amalga oshirish ham mumkin. Istalgan viloyatlarda 1 kilogrammgacha bo‘lgan buyurtmani yetkazib berish esa FARGO ofisida – 10,000 so‘mni tashkil etadi. Ko‘plab Toshkentlik mijozlar o‘z tovarlarini internet orqali viloyatdagi xaridorlarga sotib, katta foyda qilishadi.Bundan tashqari, Toshkentdan Urganchgacha yetkazib berish xizmati haqi Chilonzordan Yunusobodgacha bo‘lgan masofada taksiga beriladigan yo‘l haqi bilan tengdir.
  3. Biznesni qo‘shimcha sarmoyalarsiz boshlash mumkin. Siz transport sotib olib, haydovchi yollab, mijozga tovarni eltib berish uchun vaqt sarflamaysiz. Mahsulotni yetkazish kerakmi? Shunchaki FARGO’ning quyidagi raqamlariga qo‘ng‘iroq qilsangiz bas: +998-71-207-20-20 +998-95-198-41-14!
  4. Keng ko‘lamda bo‘lish. Savdo kengayib bormoqda, siz esa o‘tgan oyga nisbatan ikki barobar ko‘proq mahsulotni yetkazib berishingiz kerakmi? Biz bilan ishlang va yetkazib berish miqdorining ortishi sizni qo‘shimcha muammolar tug‘dirmaydi. Shu bilan birga, tariflar pasayishini ham kelishib olish mumkin!
  5. Doimiy xarajatlarning kamayishi . Siz onlayn savdo qilasiz va do‘kon ijarasi uchun pul to‘lamaysiz – ajoyib! Ombordan qutilishni istaysizmi? Muammo yo‘q – shunchaki mahsulotingizni bizning omborda saqlang!

FARGO Parcel Service – doimo xizmatingizda! Biz yuridik shaxslar, individual tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bilan birga ishlaymiz.

FARGO Parcel Service – xaridorda iliq taassurot uyg‘otuvchi ishonchli dastyor. Iliq taassurot esa biznesingiz samaradorligini oshiradi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Xonzodabegim ko‘chasi, 9-uy
Telefon: +998 (71) 2072020 +998(95) 1984114

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid