Jahon | 23:53 / 17.10.2017
3721
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada siyosatchilarga hujum qilmoqchi bo‘lgan yoshlar qo‘lga olindi

Foto: AFP

Fransiyada 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 10 kishi siyosatchilarga hujum qilishni rejalashtirish gumoni bilan qo‘lga olindi. Bu haqda tergovga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda Le Figaro nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, gumonlanuvchilar Fransiya janubida va Parij joylashgan hududda qo‘lga olingan. 

O‘z navbatida Le Parisien nashrining ma'lum qilishicha, gumonlanuvchilar Parij atrofidagi Sen-Deni shaharchasida va Marsel yaqinida qo‘lga olinganlar.

Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilar musulmonlar va ular uchun muqaddas bo‘lgan joylarga hamda siyosatchilarga hujum qilmoqchi bo‘lganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid